Tuesday, 15 July 2014

Data warehouse haqida tushincha
Keyingi paytlarda IT sohasida DW tushinchasi keng ishlatilib kelinmoqda.  DW konsepsiyasi 1980-yillarda IBM xodimlari Barry Devlin va Paul Murphylar tomonidan taklif qilingan.DW – berilganlar ustida turli hisobotlar, analizlar va berilganlarni intelektual analiz qilish(Data Mining) uchun ishlatiladi. Bir yoki bir nechta turli xil manbalardagi berilganlarni integratsiya qilishda markaziy saqlovchi (repository) yaratiladi.DW – tranzaksiyalarni qayta ishlash uchun emas, klient so’rovlari va berilganlarni analiz qilish uchun ishlatiladi. DW – bu alohida dastur yoki DB emas, u konsepsiyalar yig’indisi, shu konsepsiyalar asosida tashkil qilingan bir nechta tizimlarni bog’lovchi sistema. DWga kiruvchi berilganlar klient uchun “read only” ya’ni faqat o’qish uchun ruxsat etiladi. Turli manbalardan berilganlar ustida hisobotlarni qurishda, analiz qilishda, berilganlar DW ga OLTP(Online Transaction Processing) tranzaksion sistemasi orqali ko’chiriladi, klient DW dagi berilganlardan foydalanishda OLAP(Online Analytical Processing) texnologiyasini ishlatishi mumkin.
OLAP – berilganlarni qayta ishlash texnologiyasi bo’lib, unda berilganlar strukturalangan ko’p o’lchamlilik prinsipi asosida hosil qilinadi. Berilganlar asosida yaratilgan OLAP struktura OLAP kub (OLAP CUBE) deb ataladi. OLAP Cube bir yoki bir nechta o’lchamdan iborat bo’lishi mumkin. Kub jadvallar bog’lanishiga mos “yulduzli sxema” (star schema) yoki “qor parchali sxema” (snowflake schema) lardan birini ishlatish yordamida yaratiladi.OLAP 3ta tipga bo’linadi:
·         Ko’p o’lchamli OLAP (Multidimensional OLAP — MOLAP)
·         Relyatsion OLAP (Relational OLAP —ROLAP)
·         Gibrid OLAP(Hybrid OLAP —HOLAP)
OLAP CUBE ni turlicha tashkil qilish mumkin. Maslan uni aniqlashda Name, Demission(agregat funktsiyalarsiz hosil qilingan ustunlar)(daraxtsimon struktura bo’lishi mumkin), Measure(agregat funktsiyalar yordamida hosil qilingan ustunlar) (daraxtsimon struktura bo’lishi mumkin),DataSourceID



Data EhareHouse

to be continued...